Konvertor
Alifly

Word va Excel uçun Alifly plagini

Plagin Word va Excelʼning yuqori menyusiga «Alifly» bölimini qöşadi. Hujjatni kirill, lotin yoki yangi alifboga şu yerning özida ögirasiz.

Windows uçun yuklab oliş

Windows 10/11Versiya 1.0.13416 marta yuklab olinganHozirça barça imkoniyatlar bepul

Örnatiş

  1. 1«Alifly-Setup.exe» faylini yuklab oling va işga tuşiring. Windows ruxsat sörasa, «Ha» ni bosing.
  2. 2Örnatişdan oldin Word va Excelʼni yoping. Oçiq qolgan bölsa, örnatuvçi eslatadi.
  3. 3Word yoki Excelʼni oçing. Yuqori menyuda «Boş sahifa» yonida «Alifly» bölimi çiqadi.
  4. 4Matnni belgilab, kerakli tugmani bosing, masalan «Kirill → Lotin». Heç narsa belgilanmagan bölsa, butun hujjat ögiriladi.

Windows «Nomaʼlum naşriyotçi» deb ogohlantirsa, «Batafsil», keyin «Baribir işga tuşiriş» ni bosing.

Imkoniyatlar

  • Belgilangan qismni yoki butun hujjat, varaq, kitobni ögiradi
  • Har bir harfning formati saqlanadi. Kolontitul, jadval va matn maydonlari ham ögiriladi
  • Excelʼda formula va raqamlarga tegmaydi. Varaq nomlarini ham ögiriş mumkin
  • Matn oynasi, qöllanma va alifbo jadvali Wordʼning içida
  • Wordʼda ögirişni bitta Ctrl+Z bilan, Excelʼda «Bekor qiliş» tugmasi bilan qaytarasiz
  • Internetsiz işlaydi. Hisobingizga ulasangiz, Pro va istisno sözlar saytdagi bilan bir xil böladi

Talablar

  • Microsoft Office 2007, 2010, 2013, 2016, 2019, 2021, 2024 yoki Microsoft 365 (32 va 64-bit)
  • Windows 7, 8, 10 yoki 11
  • .NET Framework 4.5 yoki yangisi (Windows 8/10/11’da örnatilgan)

Versiyalar tarixi

Versiya 1.0.13

  • Word: köp sahifali hujjatni ögirişda qotiş va Word yopilib qolişi tuzatildi
  • Ögiriş jurnali: har amal boşi va oxiri yoziladi

Versiya 1.0.12

  • Word plagini: matn belgilanganda faqat belgilangan qism ögiriladi, taşqaridagi sözlar özgarmaydi

Versiya 1.0.11

  • Klaviatura: ENG va boşqa tillarda almaştirmaydi - til haqiqiy fokusdagi oynadan aniqlanadi (Sozlamalar, Terminal, Electron ilovalar)

Versiya 1.0.10

  • Avto-yangilaniş tuzatildi: saytdagi örnatuvçi admin huquqi söramaydi
  • yangilaniş xabaridan keyin yoziş işlaydi

Versiya 1.0.9

  • Yangilaniş xabaridan keyin Word/Excelʼda yozib bölmay qolişi tuzatildi

Versiya 1.0.8

  • Yopilişda avto-yangilaş örnatuvçisi işga tuşmay qolişi tuzatildi

Versiya 1.0.7

  • Word/Excel plagini: katta rasmli hujjatda Word yopilib qolişi tuzatildi
  • xatolar jurnali serverga yuboriladi
  • Office 2007 qöllab-quvvatlanadi
  • Örnatuvçilar: kutişsiz örnatiş, klaviaturada til fonda qöşiladi

Versiya 1.0.6

  • Klaviatura örnatuvçisi bitta exe: içida alohida dastur fayli yöq — antiviruslar notöğri belgilaşi kamayadi
  • Buildʼga kod imzolaş (SIGN_PFX) qöşildi

Versiya 1.0.5

  • Avtomatik yangilanişdan keyin dastur yangilanganini xabar qiladi (klaviatura trayda, plagin Word/Excel oçilganda)

Versiya 1.0.4

  • Avtomatik yangilaniş sinovi: klaviatura va plagin 1.0.3 dan özi yangilanadi

Versiya 1.0.3

  • Avtomatik yangilaniş: klaviatura dasturi va Word/Excel plagini yangi versiyani özi yuklab örnatadi (plagin — Office yopilganda)

Versiya 1.0.2

  • Plagin örnatuvçisi yangi körinişda (klaviatura örnatuvçisi kabi), administrator huquqi şart emas
  • Word va Excelʼda «Alifly» bölimi menyuning oxirida turadi

Versiya 1.0.1

  • Örnatuvçilar versiyali nom bilan (Alifly-Setup-1.0.1.exe, Alifly-Klaviatura-Setup-1.0.1.exe)
  • Word/Excel plagini yangi versiya çiqqanda eslatadi (klaviatura dasturida bu avvaldan bor)
  • Yuklab olişlar soni mahsulot böyiça hisoblanadi

Versiya 1.0.0

  • Birinçi versiya: istalgan Windows dasturida yoziş vaqtida yangi alifboga ögiriş (sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ)
  • Tutuq belgisi: harfdan keyingi apostrof ʼ ga aylanadi (aʼlo, maʼno); Backspace ögirişni bekor qiladi
  • Rejimlar (Avtomatik, Har doim, Öçiq), Windows bilan işga tuşiriş va kuniga bir marta yangilanişni tekşiriş