Lotindan kirillga ögiriş
Lotin yozuvidagi özbekça matnni kirill alifbosiga ögiring.
Bu yönaliş ança qiyin: «sh» bilan «s’h», «yo» bilan «yoʻ», söz boşidagi «e» kabi holatlarni ajrata biliş kerak. Alifly ularni özi farqlaydi.
Rusça özlaşmalar luğat orqali tekşiriladi: militsiya → милиция, stansiya → станция, kompyuter → компьютер, yanvar → январь. Inglizça sözlar (Microsoft, Word) va rim raqamlari özgarmaydi.
Word, Excel va PowerPoint fayllarini ögiriş
Faylda faqat matn özgaradi. Şrift, jadval, rasm va formulalar qanday bölsa, şundayligiça qoladi.
Faylni şu yerga sudrab taşlang
yoki kompyuterdan tanlang
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT, MD · Maksimal hajm: 20 MB · kuniga 10 ta fayl
Fayl serverda faqat ögirilayotgan paytda turadi. Uni yuklab olişingiz bilan serverdan öçiriladi. 60 daqiqa içida yuklab olinmasa, öçib ketadi. Eski .doc va .xls fayllarni avval Word yoki Excelʼda .docx/.xlsx qilib saqlab oling.
Word va Excel uçun Alifly plagini
Örnatganingizdan keyin Word va Excelʼning yuqori menyusida «Alifly» bölimi çiqadi. U belgilangan matnni yoki butun hujjatni ögiradi, stillar özgarmaydi.
- Butun hujjat bitta tugmada
- Stillar va joylaşuv özgarmaydi
- Excel formulalariga tegmaydi
- Bir bosişda bekor qilinadi
Özbek alifbolari: kirill, lotin va yangi alifbo
Uçala yozuvning harflari bir jadvalda. Yangi alifbo ÖRQ-1184-son qonun bilan 2026-yil 21-oktabrda tasdiqlangan va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
- Yangi alifboda «sh», «ch», «oʻ», «gʻ» bitta harf bilan yoziladi: Ş, Ç, Ö, Ğ.
- Amaldagi lotin yozuvida s va h alohida öqilsa, orasiga tutuq qöyiladi: Isʼhoq. Yangi alifboda bunga ehtiyoj yöq: Ishoq.
KirillAmaldagi lotinYangi alifbo
Kirill: Ғ ғ, Amaldagi lotin: Gʻ gʻ, Yangi alifbo: Ğ ğ
Kirill: Ў ў, Amaldagi lotin: Oʻ oʻ, Yangi alifbo: Ö ö
Kirill: Ш ш, Amaldagi lotin: Sh sh, Yangi alifbo: Ş ş
Kirill: Ч ч, Amaldagi lotin: Ch ch, Yangi alifbo: Ç ç
Köp söraladigan savollar
Yangi özbek alifbosida nima özgardi?
2026-yil 21-oktabrda ÖRQ-1184-son qonun imzolandi. Unga köra Sh, Ch, Oʻ, Gʻ örniga Ş, Ç, Ö, Ğ harflari yoziladi, Ng esa alifbodan çiqariladi. Yangi alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi (ʼ) bor. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Yangi alifboni qayerdan yuklab oliş mumkin?
Alifly saytidan, bepul. «Klaviatura» sahifasidagi Windows dasturi yoziş paytida sh, ch, oʻ, gʻ ni Ş, Ç, Ö, Ğ ga aylantiradi. Tayyor hujjatlarni esa «Word va Excel plagini» sahifasidagi plagin yangi alifboga ögiradi.
Word fayldagi formatlaş buziladimi?
Yöq. Alifly faqat matnni ögiradi. Şriftlar, ranglar, jadvallar, rasmlar, sarlavhalar, sahifa tuzilişi va Excel formulalari özgarmaydi.
Fayllarim serverda saqlanadimi?
Yöq. Fayl faqat ögirilayotgan paytda serverda turadi va siz yuklab olişingiz bilan öçiriladi. Yuklab olinmagan fayllar ham maʼlum vaqtdan keyin özi öçib ketadi.
Qanday fayllarni ögiriş mumkin?
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT va MD. Eski .doc yoki .xls faylni avval Word yoki Excelʼda «Boşqaça saqlaş» orqali .docx/.xlsx qilib saqlang.
Plagin qaysi Office versiyalarida işlaydi?
Office 2007, 2010, 2013, 2016, 2019, 2021, 2024 va Microsoft 365 da, 32 va 64-bit versiyalarida. Hammasida yuqori menyuda «Alifly» bölimi çiqadi. Ögiriş uçun internet kerak emas.
Xizmat bepulmi?
Ha, asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obunada kattaroq fayl yuklaş, kuniga köproq fayl ögiriş va plaginning barça imkoniyatlari oçiladi.
Apostrof uçun qaysi belgi işlatiladi?
Rasmiy standartda oʻ va gʻ uçun ʻ (U+02BB), tutuq belgisi uçun ʼ (U+02BC) işlatiladi. Boşqa belgi kerak bölsa, sozlamalardan ‘ ’ yoki oddiy ' ni tanlang.
Alifly sunʼiy intellektdan (AI) foydalanadimi?
Ha. Sunʼiy intellekt matndagi imlo, grammatika, tiniş belgilari va uslub xatolarini topib, töğri variantini taklif qiladi, «Aqlli ögiriş»da brend va xorijiy nomlarni ajratadi, Pro tarifda esa matnni 6 tilga tarjima qiladi. Alifbolar orasida ögirişning özi aniq imlo qoidalari asosida brauzeringizda bajariladi, şuning uçun natija bir zumda çiqadi.