Yangi alifbo yuklaş — Windows uçun klaviatura dasturi
Alifly Klaviatura siz yozayotgan matnni darhol yangi alifboga ögiradi: sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ. Word, Excel, Telegram, brauzer va boşqa dasturlarda işlaydi. Odatdagidek yozaverasiz, Ş, Ç, Ö, Ğ ni klaviaturadan qidiriş şart emas.
Store versiyasi ogohlantirişsiz örnatiladi va özi yangilanadi (Windows 10, 11). .exe fayl Windows 8 yoki Store işlamaydigan kompyuterlar uçun.
Windows 8, 10, 11Versiya 1.0.13861 marta yuklab olinganBepul
Qanday işlaydi
- 1Dasturni örnating. Windows tillar röyxatiga «Özbek (lotin)» qöşiladi.
- 2Win+Space bosib şu tilni tanlang.
- 3Odatdagidek yozing. Harflar yoziş paytida özi yangi alifboga ötadi.
- sh → ş
- ch → ç
- oʻ → ö
- gʻ → ğ
- a' → aʼ
Katta harflar ham işlaydi: Sh → Ş, SH → Ş. Oddiy apostrof (') yoki ʻ yoziş mumkin. Harfdan keyin kelgan apostrof tutuq belgisiga (ʼ) aylanadi: aʼlo, maʼno.
Sinab köring
Amaldagi lotin yozuvida yozib köring. Dastur örnatilgaç, istalgan dasturda xuddi şunday böladi.
O'zbekiston → Özbekiston; G'isht va cho'qqi → Ğişt va çöqqi; Shahar chiroqlari → Şahar çiroqlari; Ma'no va san'at → Maʼno va sanʼat
Örnatiş
- 1Microsoft Store orqali örnatib, dasturni oçing yoki «Alifly-Klaviatura-Setup.exe» faylini yuklab, işga tuşiring. Administrator huquqi şart emas.
- 2.exe faylda Windows ogohlantiriş çiqarsa, «Batafsil», keyin «Baribir işga tuşiriş» ni bosing.
- 3Dastur Windows tillar röyxatiga «Özbek (lotin)» ni qöşadi. Inglizça, rusça va boşqa tillaringiz öz joyida qoladi.
- 4Win+Space (yoki Alt+Shift) bilan «Özbek (lotin)» tiliga öting va istalgan dasturda yozing.
- 5Dastur ekranning pastki öng burçagida, soat yonida işlab turadi. Belgisini bossangiz, rejimni almaştiriş mumkin.
.exe faylda hali raqamli imzo yöq, şu sababli Windows SmartScreen «Nomaʼlum naşriyotçi» deb ogohlantirişi mumkin. Xavotir olmang: «Batafsil», keyin «Baribir işga tuşiriş» ni bosing.
Iş rejimlari (tray menyusida)
- Avtomatik: Faqat «Özbek (lotin)» tili tanlanganda ögiradi. Dastlab şu rejim yoqilgan böladi.
- Har doim: Qaysi til tanlanganidan qatʼi nazar, hamma joyda yangi alifboga ögiradi.
- Öçiq: Heç narsani ögirmaydi, lekin dastur trayda qoladi.
Imkoniyatlar
- Hamma dasturda işlaydi: Word, Excel, Telegram, brauzer va boşqalar
- Yoziş paytida sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ. Katta harflar ham hisobga olinadi (Sh → Ş, SH → Ş)
- Harfdan keyingi apostrof tutuq belgisiga (ʼ) aylanadi: aʼlo, maʼno
- Ögirişdan keyin Backspace bosilsa, yozganingiz qaytadi (ş → sh)
- Internetsiz işlaydi, «Windows bilan işga tuşiriş» sozlamasi bor
- Kuniga bir marta yangi versiyani tekşiradi va trayda xabar beradi
Talablar
- Windows 8, 10 yoki 11 (32 va 64-bit)
- .NET Framework 4.5 yoki yangisi (Windows 8/10/11’da örnatilgan)
- Administrator huquqi şart emas, dastur joriy foydalanuvçi uçun örnatiladi
Versiyalar tarixi
Versiya 1.0.13
- Word: köp sahifali hujjatni ögirişda qotiş va Word yopilib qolişi tuzatildi
- Ögiriş jurnali: har amal boşi va oxiri yoziladi
Versiya 1.0.12
- Word plagini: matn belgilanganda faqat belgilangan qism ögiriladi, taşqaridagi sözlar özgarmaydi
Versiya 1.0.11
- Klaviatura: ENG va boşqa tillarda almaştirmaydi - til haqiqiy fokusdagi oynadan aniqlanadi (Sozlamalar, Terminal, Electron ilovalar)
Versiya 1.0.10
- Avto-yangilaniş tuzatildi: saytdagi örnatuvçi admin huquqi söramaydi
- yangilaniş xabaridan keyin yoziş işlaydi
Versiya 1.0.9
- Yangilaniş xabaridan keyin Word/Excelʼda yozib bölmay qolişi tuzatildi
Versiya 1.0.8
- Yopilişda avto-yangilaş örnatuvçisi işga tuşmay qolişi tuzatildi
Versiya 1.0.7
- Word/Excel plagini: katta rasmli hujjatda Word yopilib qolişi tuzatildi
- xatolar jurnali serverga yuboriladi
- Office 2007 qöllab-quvvatlanadi
- Örnatuvçilar: kutişsiz örnatiş, klaviaturada til fonda qöşiladi
Versiya 1.0.6
- Klaviatura örnatuvçisi bitta exe: içida alohida dastur fayli yöq — antiviruslar notöğri belgilaşi kamayadi
- Buildʼga kod imzolaş (SIGN_PFX) qöşildi
Versiya 1.0.5
- Avtomatik yangilanişdan keyin dastur yangilanganini xabar qiladi (klaviatura trayda, plagin Word/Excel oçilganda)
Versiya 1.0.4
- Avtomatik yangilaniş sinovi: klaviatura va plagin 1.0.3 dan özi yangilanadi
Versiya 1.0.3
- Avtomatik yangilaniş: klaviatura dasturi va Word/Excel plagini yangi versiyani özi yuklab örnatadi (plagin — Office yopilganda)
Versiya 1.0.2
- Plagin örnatuvçisi yangi körinişda (klaviatura örnatuvçisi kabi), administrator huquqi şart emas
- Word va Excelʼda «Alifly» bölimi menyuning oxirida turadi
Versiya 1.0.1
- Örnatuvçilar versiyali nom bilan (Alifly-Setup-1.0.1.exe, Alifly-Klaviatura-Setup-1.0.1.exe)
- Word/Excel plagini yangi versiya çiqqanda eslatadi (klaviatura dasturida bu avvaldan bor)
- Yuklab olişlar soni mahsulot böyiça hisoblanadi
Versiya 1.0.0
- Birinçi versiya: istalgan Windows dasturida yoziş vaqtida yangi alifboga ögiriş (sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ)
- Tutuq belgisi: harfdan keyingi apostrof ʼ ga aylanadi (aʼlo, maʼno); Backspace ögirişni bekor qiladi
- Rejimlar (Avtomatik, Har doim, Öçiq), Windows bilan işga tuşiriş va kuniga bir marta yangilanişni tekşiriş
Köp söraladigan savollar
Yangi alifboni qanday yuklab olaman va örnataman?
Yuqoridagi «Microsoft Store orqali örnatiş» tugmasini bosing yoki Alifly-Klaviatura-Setup.exe faylini yuklab oling. Dasturni işga tuşirsangiz, Windows tillar röyxatiga «Özbek (lotin)» qöşiladi va yozayotganingizda sh, ch, oʻ, gʻ özi Ş, Ç, Ö, Ğ ga aylanadi. Dastur bepul, röyxatdan ötiş şart emas.
Yangi alifbo uçun alohida şrift yuklaş kerakmi?
Yöq. Ş, Ç, Ö, Ğ harflari Times New Roman, Arial, Calibri kabi barça zamonaviy şriftlarda allaqaçon bor. Ularni yoziş usuli kerak, xolos. Şuni klaviatura dasturi hal qiladi.
Telefon (Android, iPhone) uçun yangi alifbo klaviaturasi bormi?
Hozirça dastur faqat Windows uçun. Telefonda matnni alifly.uz saytidagi onlayn konvertor orqali yangi alifboga ögirsangiz böladi.
Klaviatura Word yoki Telegram kabi dasturlarda işlaydimi?
Ha. «Özbek (lotin)» tili tanlangan bölsa, Word, Excel, Telegram, brauzer va boşqa istalgan dasturda yozgan harflaringiz darhol yangi alifboga ötadi.
Oddiy «sh» yozmoqçi bölsam nima qilaman?
Harf özgargan zahoti Backspace bosing, ş yana sh böladi. Uzoqroq matn yozmoqçi bölsangiz, Win+Space bilan boşqa tilga (masalan, inglizçaga) öting yoki tray menyusida «Öçiq» rejimini tanlang.
Internet va administrator huquqi kerakmi?
Yöq. Dastur internetsiz işlaydi, internet faqat kuniga bir marta yangi versiyani tekşiriş uçun kerak. Örnatiş uçun administrator huquqi ham talab qilinmaydi. Tizim administratorlari jim örnatiş uçun «Alifly-Klaviatura-Setup.exe /S» buyruğini işlatişi mumkin.
Dasturni qanday yangilayman yoki öçirib taşlayman?
Dastur özini özi yangilaydi: yangi versiya çiqsa, uni yuklab örnatadi (Store versiyasini Microsoft Store yangilaydi). Öçiriş uçun: Windows Sozlamalar → Ilovalar → Alifly Klaviatura (yoki «Alifly-Klaviatura-Setup.exe /uninstall»).
Mening mavjud klaviaturalarim özgaradimi?
Yöq. Dastur tillar röyxatiga faqat «Özbek (lotin)» ni qöşadi. Inglizça, rusça va boşqa tillaringiz özgarmaydi. «Har doim» rejimini yoqmasangiz, ögiriş faqat «Özbek (lotin)» tanlanganda işlaydi.