Özbekça matnni kirill, lotin va yangi alifboga ögiring
Matnni pastdagi oynaga joylang yoki Word, Excel, PowerPoint faylini yuklang. Xizmat bepul, röyxatdan ötiş şart emas. Sunʼiy intellekt (AI) matndagi xatolarni ham topib beradi.
Sunʼiy intellekt bilan matn tekşiruvi
Sunʼiy intellekt (AI) imlo, grammatika va uslub xatolarini siz yozayotgan paytda topadi: xato konvertorning özida çizib qöyiladi, bosilsa töğri varianti çiqadi. Pro tarifda AI matnni 6 tilga tarjima ham qiladi.
Word, Excel va PowerPoint fayllarini ögiriş
Faylda faqat matn özgaradi. Şrift, jadval, rasm va formulalar qanday bölsa, şundayligiça qoladi.
Faylni şu yerga sudrab taşlang
yoki kompyuterdan tanlang
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT, MD · Maksimal hajm: 20 MB · kuniga 10 ta fayl
Fayl serverda faqat ögirilayotgan paytda turadi. Uni yuklab olişingiz bilan serverdan öçiriladi. 60 daqiqa içida yuklab olinmasa, öçib ketadi. Eski .doc va .xls fayllarni avval Word yoki Excelʼda .docx/.xlsx qilib saqlab oling.
Alifly nima qila oladi
Uçala yozuv
Kirill, amaldagi lotin va yangi alifbo. Istalganidan istalganiga ögiriş mumkin.
Hujjat buzilmaydi
Qalin, kursiv, jadval, rasm, sarlavha va formulalar joyida qoladi. Faqat harflar almaşadi.
Katta fayllar
Yuz sahifalik hujjat yoki katta Excel jadvali ham bir neça soniyada tayyor böladi.
Maxfiylik
Ögirişning özi brauzerda bajariladi. Matn faqat xatolarni tekşiriş (konvertor sozlamalarida öçiriladi), aqlli ögiriş va tarjima uçun sunʼiy intellekt xizmatiga yuboriladi va Alifly serverida saqlanmaydi. Fayl esa yuklab olinişi bilan serverdan öçiriladi.
Imlo qoidalari
е/э, ц, ъ, ё, rusçadan özlaşgan sözlar, oy nomlari va rim raqamlari qoidaga köra yoziladi.
Word va Excel içida
Plaginni örnatsangiz, hujjatni Word yoki Excelʼning özida bitta tugma bilan ögirasiz.
Word va Excel uçun Alifly plagini
Örnatganingizdan keyin Word va Excelʼning yuqori menyusida «Alifly» bölimi çiqadi. U belgilangan matnni yoki butun hujjatni ögiradi, stillar özgarmaydi.
- Butun hujjat bitta tugmada
- Stillar va joylaşuv özgarmaydi
- Excel formulalariga tegmaydi
- Bir bosişda bekor qilinadi
Windows uçun yangi alifbo klaviaturasi
Odatdagidek yozasiz, dastur harflarni yoziş paytida özi almaştiradi: sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ. Word, Telegram, brauzer va boşqa dasturlarda işlaydi.
KlaviaturaO'zbekiston → Özbekiston; G'isht va cho'qqi → Ğişt va çöqqi; Shahar chiroqlari → Şahar çiroqlari; Ma'no va san'at → Maʼno va sanʼat
Özbek alifbolari: kirill, lotin va yangi alifbo
Uçala yozuvning harflari bir jadvalda. Yangi alifbo ÖRQ-1184-son qonun bilan 2026-yil 21-oktabrda tasdiqlangan va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
- Yangi alifboda «sh», «ch», «oʻ», «gʻ» bitta harf bilan yoziladi: Ş, Ç, Ö, Ğ.
- Amaldagi lotin yozuvida s va h alohida öqilsa, orasiga tutuq qöyiladi: Isʼhoq. Yangi alifboda bunga ehtiyoj yöq: Ishoq.
KirillAmaldagi lotinYangi alifbo
Kirill: Ғ ғ, Amaldagi lotin: Gʻ gʻ, Yangi alifbo: Ğ ğ
Kirill: Ў ў, Amaldagi lotin: Oʻ oʻ, Yangi alifbo: Ö ö
Kirill: Ш ш, Amaldagi lotin: Sh sh, Yangi alifbo: Ş ş
Kirill: Ч ч, Amaldagi lotin: Ch ch, Yangi alifbo: Ç ç
Köp söraladigan savollar
Yangi özbek alifbosida nima özgardi?
2026-yil 21-oktabrda ÖRQ-1184-son qonun imzolandi. Unga köra Sh, Ch, Oʻ, Gʻ örniga Ş, Ç, Ö, Ğ harflari yoziladi, Ng esa alifbodan çiqariladi. Yangi alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi (ʼ) bor. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Yangi alifboni qayerdan yuklab oliş mumkin?
Alifly saytidan, bepul. «Klaviatura» sahifasidagi Windows dasturi yoziş paytida sh, ch, oʻ, gʻ ni Ş, Ç, Ö, Ğ ga aylantiradi. Tayyor hujjatlarni esa «Word va Excel plagini» sahifasidagi plagin yangi alifboga ögiradi.
Word fayldagi formatlaş buziladimi?
Yöq. Alifly faqat matnni ögiradi. Şriftlar, ranglar, jadvallar, rasmlar, sarlavhalar, sahifa tuzilişi va Excel formulalari özgarmaydi.
Fayllarim serverda saqlanadimi?
Yöq. Fayl faqat ögirilayotgan paytda serverda turadi va siz yuklab olişingiz bilan öçiriladi. Yuklab olinmagan fayllar ham maʼlum vaqtdan keyin özi öçib ketadi.
Qanday fayllarni ögiriş mumkin?
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT va MD. Eski .doc yoki .xls faylni avval Word yoki Excelʼda «Boşqaça saqlaş» orqali .docx/.xlsx qilib saqlang.
Plagin qaysi Office versiyalarida işlaydi?
Office 2007, 2010, 2013, 2016, 2019, 2021, 2024 va Microsoft 365 da, 32 va 64-bit versiyalarida. Hammasida yuqori menyuda «Alifly» bölimi çiqadi. Ögiriş uçun internet kerak emas.
Xizmat bepulmi?
Ha, asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obunada kattaroq fayl yuklaş, kuniga köproq fayl ögiriş va plaginning barça imkoniyatlari oçiladi.
Apostrof uçun qaysi belgi işlatiladi?
Rasmiy standartda oʻ va gʻ uçun ʻ (U+02BB), tutuq belgisi uçun ʼ (U+02BC) işlatiladi. Boşqa belgi kerak bölsa, sozlamalardan ‘ ’ yoki oddiy ' ni tanlang.
Alifly sunʼiy intellektdan (AI) foydalanadimi?
Ha. Sunʼiy intellekt matndagi imlo, grammatika, tiniş belgilari va uslub xatolarini topib, töğri variantini taklif qiladi, «Aqlli ögiriş»da brend va xorijiy nomlarni ajratadi, Pro tarifda esa matnni 6 tilga tarjima qiladi. Alifbolar orasida ögirişning özi aniq imlo qoidalari asosida brauzeringizda bajariladi, şuning uçun natija bir zumda çiqadi.