Qanday maʼlumot yigʻiladi
Roʻyxatdan oʻtganda email, ism va parolning shifrlangan xeshi saqlanadi. Statistika uchun faqat oʻgirilgan belgilar soni va fayl hajmi hisoblanadi — matn mazmuni saqlanmaydi.
Fayllar
Yuklangan fayl faqat qayta ishlash vaqtida serverda turadi. Natija birinchi marta yuklab olinishi bilan, yuklab olinmasa esa belgilangan muddatdan keyin avtomatik ravishda butunlay oʻchiriladi. Kirish fayli qayta ishlangach darhol oʻchiriladi.
Matn konvertori
Bosh sahifadagi matn konvertori brauzeringizning oʻzida ishlaydi — matn serverga yuborilmaydi.
Cookie fayllar
Sayt tizimga kirish holatini va fayllaringizni sizga bogʻlash uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi. Analitika (Google Analytics, Yandex Metrika) yoqilgan boʻlsa, ular oʻz siyosatlariga muvofiq ishlaydi.
Toʻlovlar
Toʻlovlar Payme va Click tizimlari orqali amalga oshiriladi. Karta maʼlumotlari Alifly serverlariga kelmaydi.
Hisobni oʻchirish
Profil sahifasida hisobingizni va unga bogʻliq barcha maʼlumotlarni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin.
Aloqa: wi.fi.xor@gmail.com