Konvertor
Alifly

Oʻzbek alifbolari: kirill, lotin va yangi alifbo

Uchala yozuvning harflari bir jadvalda. Yangi alifbo OʻRQ-1184-son qonun bilan 2026-yil 21-oktabrda tasdiqlangan va 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.

KirillAmaldagi lotinYangi alifbo
А аA aA a
Б бB bB b
Д дD dD d
Е еE e / Ye yeE e / Ye ye
Ф фF fF f
Г гG gG g
Ғ ғGʻ gʻĞ ğ
Ҳ ҳH hH h
И иI iI i
Ж жJ jJ j
К кK kK k
Л лL lL l
М мM mM m
Н нN nN n
О оO oO o
Ў ўOʻ oʻÖ ö
П пP pP p
Қ қQ qQ q
Р рR rR r
С сS sS s
Ш шSh shŞ ş
Ч чCh chÇ ç
Т тT tT t
У уU uU u
В вV vV v
Х хX xX x
Й йY yY y
З зZ zZ z
Ё ёYo yoYo yo
Ю юYu yuYu yu
Я яYa yaYa ya
Ц цS s / Ts tsS s / Ts ts
Ъ ъʼ (tutuq)ʼ (tutuq)
Ь ь——
Э эE eE e
нгngng

Asosiy qoidalar

  • Kirilldagi е soʻz boshida va unlidan keyin «ye», qolgan hollarda «e» deb yoziladi: ер → yer, поезд → poyezd, кетди → ketdi.
  • ц unlidan keyin «ts», boshqa hollarda «s»: лицей → litsey, цирк → sirk.
  • ъ (ayirish belgisi) tutuq ʼ bilan yoziladi: маъно → maʼno. ь yozilmaydi: медаль → medal.
  • Yangi alifboda «sh», «ch», «oʻ», «gʻ» bitta harf bilan yoziladi: Ş, Ç, Ö, Ğ.
  • Amaldagi lotin yozuvida s va h alohida oʻqilsa, orasiga tutuq qoʻyiladi: Isʼhoq. Yangi alifboda bunga ehtiyoj yoʻq: Ishoq.