Yangi oʻzbek alifbosi klaviaturasi — Windows uchun
Alifly Klaviatura istalgan dasturda — Word, Excel, Telegram, brauzerda — yozayotganingizni shu zahoti yangi alifboga oʻgiradi: sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ. Oddiy harflar bilan yozing — Ş, Ç, Ö, Ğ harflarini qidirib yurmang.
Windows 8, 10, 11Versiya 1.0.25 marta yuklab olinganBepul
Qanday ishlaydi
- 1Dasturni oʻrnating — Windows tillar roʻyxatiga «Oʻzbek (lotin)» qoʻshiladi.
- 2Win+Space bosib shu tilni tanlang.
- 3Odatdagidek yozing — harflar yozish paytida oʻzi yangi alifboga aylanadi.
- sh → ş
- ch → ç
- oʻ → ö
- gʻ → ğ
- a' → aʼ
Katta harflar ham mos keladi: Sh → Ş, SH → Ş. Apostrof (') yoki ʻ belgisini yozsangiz ham boʻladi; harfdan keyingi apostrof tutuq belgisiga (ʼ) aylanadi: aʼlo, maʼno.
Sinab koʻring
Hozirgi lotin yozuvida yozing. Dastur oʻrnatilgach, istalgan dasturda yozish vaqtida xuddi shu natija chiqadi.
Oʻrnatish
- 1«Alifly-Klaviatura-Setup.exe» faylini yuklab oling va ishga tushiring. Administrator huquqi shart emas.
- 2Windows ogohlantirsa: «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish».
- 3Oʻrnatuvchi Windows tillar roʻyxatiga «Oʻzbek (lotin)» tilini qoʻshadi — mavjud tillaringiz (inglizcha, ruscha…) yonida turadi.
- 4Win+Space (yoki Alt+Shift) bilan «Oʻzbek (lotin)» tiliga oʻting va istalgan dasturda yozing.
- 5Dastur soat yonidagi tray belgisida ishlab turadi: bosib rejimni oʻzgartirishingiz mumkin.
Dastur hozircha raqamli imzolanmagan, shuning uchun Windows SmartScreen «Noma’lum nashriyotchi» deb ogohlantirishi mumkin. Bu odatiy holat: «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish» tugmasini bosing.
Ish rejimlari (tray menyusida)
- Avtomatik — Faqat «Oʻzbek (lotin)» tili tanlanganda oʻgiradi. Standart rejim.
- Har doim — Qaysi til tanlanganidan qatʼi nazar, hamma joyda yangi alifboga oʻgiradi.
- Oʻchiq — Hech narsani oʻgirmaydi, lekin dastur trayda qoladi.
Imkoniyatlar
- Hamma dasturda ishlaydi: Word, Excel, Telegram, brauzer va boshqalar
- sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ — yozish paytida, katta-kichik harfga mos (Sh → Ş, SH → Ş)
- Harfdan keyingi apostrof tutuq belgisiga (ʼ) aylanadi: aʼlo, maʼno
- Oʻgirishdan keyin Backspace bosilsa, yozganingiz qaytadi (ş → sh)
- Internetsiz ishlaydi, «Windows bilan ishga tushirish» sozlamasi bor
- Kuniga bir marta yangi versiyani tekshiradi va trayda xabar beradi
Talablar
- Windows 8, 10 yoki 11 (32 va 64-bit)
- .NET Framework 4.5 yoki yangisi (Windows 8/10/11’da oʻrnatilgan)
- Administrator huquqi shart emas — dastur joriy foydalanuvchi uchun oʻrnatiladi
Versiyalar tarixi
Versiya 1.0.2
- Plagin oʻrnatuvchisi yangi koʻrinishda (klaviatura oʻrnatuvchisi kabi), administrator huquqi shart emas
- Word va Excel'da «Alifly» boʻlimi menyuning oxirida turadi
Versiya 1.0.1
- Oʻrnatuvchilar versiyali nom bilan (Alifly-Setup-1.0.1.exe, Alifly-Klaviatura-Setup-1.0.1.exe)
- Word/Excel plagini yangi versiya chiqqanda eslatadi (klaviatura dasturida bu avvaldan bor)
- Yuklab olishlar soni mahsulot boʻyicha hisoblanadi
Versiya 1.0.0
- Birinchi versiya: istalgan Windows dasturida yozish vaqtida yangi alifboga oʻgirish (sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ)
- Tutuq belgisi: harfdan keyingi apostrof ʼ ga aylanadi (aʼlo, maʼno); Backspace oʻgirishni bekor qiladi
- Rejimlar (Avtomatik, Har doim, Oʻchiq), Windows bilan ishga tushirish va kuniga bir marta yangilanishni tekshirish
Koʻp beriladigan savollar
Klaviatura Word yoki Telegram kabi dasturlarda ishlaydimi?
Ha. «Oʻzbek (lotin)» tili tanlangan boʻlsa, istalgan dasturda — Word, Excel, Telegram, brauzerda — yozayotgan harflaringiz shu zahoti yangi alifboga oʻgiriladi.
Oddiy «sh» yozmoqchi boʻlsam nima qilaman?
Oʻgirish boʻlgan zahoti Backspace bosing — ş yana sh boʻladi. Uzoq yozmoqchi boʻlsangiz, Win+Space bilan boshqa tilga (masalan, inglizchaga) oʻting yoki tray menyusida rejimni «Oʻchiq» qiling.
Internet va administrator huquqi kerakmi?
Yoʻq. Dastur internetsiz ishlaydi (internet faqat kuniga bir marta yangi versiyani tekshirish uchun kerak) va oʻrnatish uchun administrator huquqi talab qilinmaydi. Administratorlar jim oʻrnatish uchun «Alifly-Klaviatura-Setup.exe /S» buyrugʻidan foydalanishi mumkin.
Dasturni qanday yangilayman yoki oʻchirib tashlayman?
Yangilash: yangi oʻrnatuvchini ishga tushiring — eski versiya avtomatik yopilib, almashtiriladi. Oʻchirish: Windows Sozlamalar → Ilovalar → Alifly Klaviatura (yoki «Alifly-Klaviatura-Setup.exe /uninstall»).
Mening mavjud klaviaturalarim oʻzgaradimi?
Yoʻq. Dastur Windows tillar roʻyxatiga faqat «Oʻzbek (lotin)» tilini qoʻshadi; inglizcha, ruscha va boshqa tillaringiz oʻz holicha qoladi. Oʻgirish faqat «Oʻzbek (lotin)» tanlanganda ishlaydi (siz «Har doim» rejimini tanlamasangiz).